O’zbekiston akusher ginekologlarining X kongressi bo’lib o’tdi

29.11.-1.12.2021 y.da O’zbekiston akusher va ginekologlarining xalqaro navbatdagi X kongressi bo’lib o’tdi. Ushbu kongressni tashkillashtirishda O’zbekiston akusher va ginekologlari associaciyasi hodimlari bilan bir qatorda Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi hodimlari, magistr va ordinatorlari aktiv ishtirok etishdi. Kongress an’anaviy va onlayn tartibda olib borildi. Kongressda akusherlik va ginekologiyadagi asosiy muammolar, bexatar onalik va bolalik xizmatining modernizaciyasi, akusherlik va ginekologiyada diagnostika va davolashning innoviacion usullari, akusherlik va ginekologiyadagi shoshilinch holatlar, homiladorlik va COVID 19, reproduktiv salomatlikning tibbiy va ijtimoiy muammolari, bolalar va o’smirlar ginekologiyasining dolzarb muammolari, zamonaviy perinatal tibbiyot masalalari kabi sohaning muhim masalalari yuzasidan olib borilayotgan ishlar va yangiliklar yoritildi. Kongressda ishtirok etish uchun boshqa davlatlardan akusher ginekologlar tashrif buyurishdi. Bundan tashqari Covid 19 tufayli yuzaga kelgan qaltis vaziyat tufayli kongressda ishtirok eta olmagan ishtirokchilar onlayn tarzda barcha ma’ruzalarni kuzatib borishdi. Kongress yuqori darajada   o’tkazildi. Barcha mehmon va ishtirokchilar olingan ma’lumotlardan a’lo kayfiyatda kongressni yakunlashdi.

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.