Toshkent tibbiyot akademiyasida kafedraga tashriflar davom etmoqda

Kafedraga tashriflar davom etmoqda

5 aprel kuni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor F.L. Azizova Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasiga tashrif buyurib, kafedra xodimlari, magistrlar va talabalar bilan uchrashdi. Kafedra xodimlari bilan majlislar zalida kafedraning o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy faoliyati bilan tanishib chiqdi. Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish borasida tavsiyalar berildi. O‘quv jarayoni va ilmiy faoliyat bilan yaqindan tanishdi, magistrlar bilan muammo va kamchiliklarni muhokama qildi, 2 bosqich magistr talabalari seminar darsida qatnashib, ularning ilmiy faoliyati bilan faol shug’ullanayotganligi, amaliy ko‘nikmalar va o‘quv adabiyotlaridan foydalanish bo‘yicha turli ma’lumotlarga ega ekanligi aniqlandi. 3 bosqich magistrlari kafedralararo aprobatsiyasi reja asosida o’tkazilayotganligi haqida ma’lumot berildi. Tashrif davomida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor F.L. Azizova bitiruvchi talabalarning Moodle tizimidagi o’qish jarayonini va davomatini ham nazorat qildilar. Prorektor tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonunni umumxalq referendumida kafedra xodimlarini faol qatnashishlariga undadilar. Referendum 30 aprel, yakshanba kuniga belgilanganligi haqida axborot berildi.

Xulosa qilib aytganda, prorektor F.L.Azizova kafedramiz ish faoliyati bo’yicha kamchiliklar aniqlanmadi, ilmiy maxsulotlarga ko’proq urg’u berish kerakligi ta’kidlab o’tildi

Kafedraga tashriflar davom etmoqda Kafedraga tashriflar davom etmoqda

Kafedraga tashriflar davom etmoqda Kafedraga tashriflar davom etmoqda

Kafedraga tashriflar davom etmoqda Kafedraga tashriflar davom etmoqda

Kafedraga tashriflar davom etmoqda

Kafedraga tashriflar davom etmoqda

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.