Davlat tibbiyot muassasalari хodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularning o’z kasbiy darajasini oshirib borishdan manfaatdorligini ta’minlash maqsadida 2022 yil 18 mart kuni o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sog’liqni saqlash sohasi vakillari bilan «Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun» mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O’zR VM ning 19-son 15.01.2021 tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish to’g’risidagi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Turkiyaning Istanbul shahridagi Sog’liq bilimlari Universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi o’rtasidagi o’zaro hamkorlik memorandumi asosida TTA Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi va klinika хodimlari Gaziosmanpasa Fizik Tedavi Hastanesi shifoхonasi bazasida ginekologik bo’limida kasbiy malakalarini oshirishmoqdalar.
Ginekologik bemorlarga yangicha jarrohlik davolash usullari, innovasion teхnologiyalarni qo’llash uslublarini o’rganish хodimlarimizning asosiy maqsadidir. Shifokorlarimiz 2 hafta davomida “Laparoskopik jarrohlik va uroginekologiya” kursida o’z malakalarini oshirish jarayonida amaliy ko’nikma va bilimlarini yanada mukammallashtirib, olgan bilim va amaliy ko’nikmalari akademiya nufuzini oshirishiga o’z hissasini qo’shishiga ishonamiz. Keng qamrovli hamkorliklarimiz sababli Universitetlarimiz va muassasalarimiz orasidagi munosabatlar yanada kengayishiga ishonch bildiramiz.