XALQARO ISHTIROK BILAN ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O’TKAZILDI

Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi tashabbusi bilan 21.10.2023 da “KESAR KESISH. HAVFSIZ YECHIM YOKI KELAJAKKA TAHDID” mavzusida xalqaro ishtirok bilan ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, bugun dunyoda kesarcha kesish amaliyoti orqali tug’ilayotgan chaqaloqlar ulushi 20 foizni tashkil qilmoqda. Agar jarayon shu taхlit davom etsa, 2030 yilga borib, bu ko’rsatkich 30 foizga etishi mumkin. So’nggi yillarda tibbiy ko’rsatma bo’lmasa-da, dunyoning aksariyat mamlakatlarida homilador ayollar orasida ushbu usul rosmana “epidemiya”ga aylandi. Albatta zamonaviy jarrohlik yondashuvlari, samarali og’riq qoldiruvchi vositalar va antibiotiklar sababli ushbu operasiyani ona va chaqaloq uchun minimal хavf bilan amalga oshirish imkonini bermoqda. 

Konferensiya dasturi davomida xozirgi kunda akusherlik amaliyotida Kesar kesish amaliyotining dolzarb muammolari haqida mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan ochib berildi. Xalqaro ishtirok bilan ilmiy-amaliy konferensiyani TTA o’quv ishlari bo’yicha prorektor Boymurodov Sh.A. ochib berdilar. Buхoro Davlat tibbiyot instituti professori Nematillaeva M.N.O’zbekistonda Kesar kesish amaliyoti qanchalik tarqalganligi va unga asosli ko’rsatmalar haqida so’z yuritdilar. Rossiya Federasiyasining nufuzli tibbiyot institutlari va markazalrining etakchi mutahasisslari Kesar kesish amaliyotini amalga oshirishda yangicha yo’nalishlar, bachadon chandig’i bilan ayollarni olib borish, amaliyotning asoratlari va proftlaktikasi, postoperasion reabilitasiyasi haqida qiziqarli ma’lumotlar o’qib eshittirdilar.  Konferensiya davomida Kesar kesish amaliyotidan keyin ayollarni nazorat qilishda sun’iy intellekt qo’llanilishi tinglovchilarda katta ilmiy qiziqish uyg’otdi. Konferensiya yakunida kafedramiz mudiri prof. Najmutdinova D.K. Kesar kesish amaliytoti chastotasini kamaytirish uchun qo’llanadigan teхnologiyalar haqida batafsil yoritib berdilar.

Xulosa qilib aytganda, o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya TTA kafedralari хodimlari, klinika shifokorlari, magistrlar va klinik-ordinatorlar, talabalar uchun ilmiy va amaliy nazardan foydali bo’ldi. Kesar kesish amaliyoti – jarrohlik aralashuvi ekanini unutmaslik zarur. Shu sababli uni faqat tibbiy ko’rsatma bo’lgandagina amalga oshirish tavsiya etiladi. 

   

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.