«Tibbiyot mohirlari» amaliy ko’nikmalar bo’yicha III Xalqaro olimpiadasi o’tkazildi

TTA Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari va iqtidorli talabalari kuni kecha bo’lib o’tgan «Tibbiyot mohirlari» amaliy ko’nikmalar bo’yicha III Xalqaro olimpiadasida faol ishtirok etdilar. Xalqaro olimpiada barcha klinik fanlarni qamrab olganligi bilan  ahamiyatlidir.

III Xalqaro tibbiy malakalar olimpiadasi xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlari: Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH) bilan hamkorlikda oʻtkazildi. Barcha klinik ixtisoslik talabalari: ichki kasalliklar, jarrohlik, pediatriya, reproduktiv salomatlik, bosh va bo‘yin kasalliklari, shoshilinch tibbiy yordam, davolash-profilaktika tibbiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Olimpiada jarayonida xar bir klinik ixtisoslik fanlar bo’yicha amaliy ko‘nikmalar talabalar tomonidan mukammal bajarildi.

Reproduktiv salomatlik ixtisosligi bo’yicha 601 tibbiy-pedagogika fakulteti talabasi Mukhitdinova Sevara 1 o’rinni munosib egalladi. Mazkur  ilmlar bellashuvi negizida mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqi va intellektual salohiyatini oshirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish maqsadi mujassam.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.