Kuni kecha Zangiota tumani tibbiyot birlashmasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi хodimlari ishtirokida aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi. Unda TTA Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi kafedra mudiri professor D.K. Najmutdinova tumanga biriktirilgan kurator sifatida, shuningdek kafedramiz хodimlari F.A.Ataхodjaeva, G.A.Aхmedova, A.R.Umarovlar bilan e’tiborga loyiq homiladorlar, homiladorlikka mutloq va homiladorlikka nisbiy mone’ligi bor ayollar tibbiy ko‘riklari amalga oshirildi. Koʻrikdan 35 nafar ayollar o‘tkazilib, ularga kerakli tavsiyalar berildi. Tadbirda yana Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i T.Arzikulov, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari F. Raxmatullayeva, Zangiota tuman hokim o‘rinbosari S.Usmonova, tuman tibbiyot birlashmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Z.Buzrukova, tug‘ruq bo‘limidan biriktirilgan kuratorlar va oilaviy shifokorlar, bo‘lim mudirlari qatnashishdi.