2024 yil 19-20 aprelda O’zbekiston respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida «TIBBIYOTDA ULTRATOVUSH DIAGNOSTIKASINING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI» xalqaro ishtirokdagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferentsiya an’anaviy va On-Line ko’rinishlarida o’tkazildi. Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori A.X.Karimov konferensiyaning I sektsiya raisi sifatida qatnashdilar. Bundan tashqari mazkur konferentsiyada kafedramiz doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Konferentsiyada ultratovush diagnostikasining zamonaviy turlarini turli patologiyalarda qo‘llash imkoniyatlari haqida batafsil yoritib berildi.
Konferentsiya dasturi: 0_Программа_19_20_апреля_семинар_Исп