2024-yil 23-may kuni Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasida “Yosh ginekolog. Fanga yangicha qarash” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya gibrid formatda bo’lib o’tdi. Tadbirni TTA ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor t.f.d., dotsent Azizova Feruza Lyutpillayevna va kafedramiz mudiri t.f.d., prof. Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna ochib berdilar. Konferensiya Xalqaro ishtirok bilan o’tkazilib, unda Rossiya Federatsiyasi Pirogov nomidagi RMINU, BuxMI, AndMI, RIAGIATM va TTA doktorantlari va izlanuvchilari faol ishtirok etishdi. Konferentsiya davomida ilmiy va amaliy bilim va ko’nikmalar bilan almashindi, ma’ruzachilar ilmiy ishlari bo’yicha qiziqarli discussiyalar olib borildi.
Konferensiya yakunlari bo’yicha quyidagi o’rinlar taqsimlandi:
1-o’rin: Nabiyeva Diyora (AndMI)
2-o’rin: Oxunova Shaxnoza (TTA)
Kurmangaleeva Aliya (Rossiya Federatsiyasi Pirogov nomidagi RMINU)
3-o’rin: Gadoyeva Dilshoda (TTA)
Xamzin Ildar (Rossiya Federatsiyasi Pirogov nomidagi RMINU)
Yosh ginekologlarga tadbir so’ngida sertifikatlar taqdim qilindi