Ilmiy-amaliy seminari o’tkazildi

Kuni-kecha 6-7 iyun 2024 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi tashabbusi bilan  «OPERATIV AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI» Ilmiy-amaliy seminari o’tkazildi. Ilmiy-amaliy seminarni TTA ilmiy ishlar va innivatsiyalar bo’yicha prorektor F.L.Azizova va Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri D.K.Najmutdinova ochib berdilar. Seminarda Turkiya Sog’liq bilimlari Universiteti olimlari va Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o’qutuvchilari dolzarb mavzulardagi ma’ruzalar bilan ishtirok etmdilar. Turkiyalik olimlarning takomillashgan endoskopik davolash usullarim namoyishi, bachadon saratoni va genital prolapsi borasidagi instrumental va  genetik tekshiruvlar borasidagi ilmiy izlanishlari natijasi tinglovchilarda katta qiziqish uygʼotdi. Seminar yakunida ToshPTI Perinatal markazi direktori Nargiza Mirzayevna o’z ma’ruzasida Kesar kesishdan keyingi septik asoratlarda zamonaviy yondashuvlarni yoritib berdilar. O’tkazilgan Ilmiy-amaliy seminar turk va o’zbek olimlarida yaxshi taasurot qoldirdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.