2023-yil 24 – iyulda XXXXXII yubiley Xalqaro maktab – shifokorlar konferensiyasi – CHAKVI-2023 (Gruziya) doirasida «Ona va bola salomatligini muhofaza qilishning dolzarb masalalari» nomli o’ninchi yubiley Gruziya-O’zbekiston tibbiyot forumi gibrid formatda (onlayn va offlayn) o’tkazildi. TTA oilavuy tibbiyotida akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari Gruziya – O’zbekiston tibbiyot forumida faol ishtirok etib, akusherlik va ginekologiyaning dolzarb mavzularida ma’ruzalar bilan chiqishdi: professor Najmutdinova D. K., professor Karimov A. X., dotsent Qayumova D. T., dotsent Sodiqova D. R., k/o’ Shodiyeva H. T., ass. Kamilova I. A., doktorant Axunova Sh.b. Forum davomida Akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari bo’yicha munozaralar bo’lib o’tdi. Akusherlik va ginekologiyada diagnostika va davolashning klinik protokollari va standartlari bo’yicha tajriba almashildi.