Bugungi kunda mamlakatimizda 2019 yilning oktyabrida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu konsepsiya asosida oliy o’quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish maqsadida talabalarga ta’lim berish faoliyati yanada takomillashtirilib, ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon bo’lmoqda. 2-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, professor Najmutdinova D.K. tomonidan TTA Termiz filiali Davolash fakulteti bitiruvchi talabalariga 5 ta ma’ruza o‘qildi. Ma’ruza davomida talabalar akusherlik va ginekologiya sohasidagi urgent holatlarda bemorlar holatini umumiy amaliyot shifokori qanday birlamchi baholashi, ularga birinchi yordam ko‘rsatishni va kerakli amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni bilib oldilar.