2022-yil 23-24-sentabr kunlari Хorazm viloyati tarixiy shahri Xivada “O‘zbekistonning reproduktiv salohiyati: dinamikasi, muammolari va harakatlarni birlashtirish” mavzusidagi xalqaro ishtirokidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda 2-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashdilar. Anjumanda reproduktiv salomatlik, akusherlik, perinatologiya, ginekologiya, reproduktiv tibbiyot, bachadon bo‘yni saratoni skriningi va profilaktikasi sohalaridagi yetakchi xorijiy va mahalliy olimlar ishtirok etishdi. Konferentsiya tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi, Xorazm viloyati perinatal markazi. Anjuman dasturining asosiy ilmiy yo‘nalishlari: O‘zbekistonda samarali perinatal texnologiyalarni: amalga oshirish natijalari va istiqbollar; Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish; Reproduktologiya: ayollar va erkaklar salomatligining dolzarb masalalari; O‘zbekiston Respublikasida homila tibbiyotining rivojlanish istiqbollari; Akusherlik, perinatologiya va ginekologiyadagi infektsiyalar; Bachadon bo’yni fon va rak oldi kasalliklarining oldini olish. Anjuman doirasida mahorat darslari, seminarlar va davra suhbatlari o’tkazildi. Davra suhbati davomida «Abort: homiladorlikni saqlab qolish imkoniyatini qanday oshirish mumkin» mavzusi muhokama qilindi. “O‘zbekistonning reproduktiv salohiyati: dinamikasi, muammolari va harakatlarni birlashtirish” mavzusidagi xalqaro ishtirokdagi ilmiy-amaliy anjumanda kafedrasi xodimlari yanada o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.