Ochiq ma’ruza o’tkazildi

Hurmatli ustozlar va talabalar! Bugun 12.11.2022 yil TTA 6-bino, 6-qavat soat 8.00-9.20 da Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti Ataxodjayeva Fotima Abduraimovnaning OMH fakulteti 302 – guruh talabalari uchun « Homiladorlikni ko’tara olmaslik sindromi. Muddatidan oldingi tug’ruq. Muddatiga yetmagan chaqaloq xarakteristikasi. Homiladorlikni ko’tara olmaslikni olib borishda OMH o’rni« mavzusida ochiq ma’ruza o’tkazildi. Ochiq ma’ruzaning asosiy maqsadi oliy ma’lumotli hamshira talabalariga  homiladorlikda muddatidan oldingi tug’ruq bilan homiladorlarni xatar va moyillik omillarini aniqlashni ishlab chiqish, muddatidan oldingi tug’ruq bilan homiladorlarni baholash, muammolarni analiz qilish, olib borish taktikasi, diagnostikasi, tezkor yordam ko’rsatish, ratsional transportirovka, poststatsionar reabilittsciyasini rivojlantirish usullarini o’rgatishdan iborat. Ochiq ma’ruza davomida talabalarga ayollarni homiladorlik davrida va homilador bo’lmagan davrda xavf guruhini ajratishni, profilaktik tadbirlar o’tkazishni, to’g’ri diagnoz qo’yishni, taktika ishlab chiqishni imkonini berib, onalar va pеrinatal o’limlarni ko’rsatkichlarini kamaytirishi mumkin. Ochiq ma’ruza so’ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga ma’ruzachi javob berdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.