Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi “Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya” kafedrasida akademik mobillik bo‘yicha kafedraning xalqaro hamkorligi asosida JSST eksperti, Moldova mintaqaviy o‘quv markazi rahbari tibbyot fanlari doktori, dotsent Rodika Komendant tomonidan “Medikamentoz abortning teletibbiyot va “testsiz” protokol yordamida qo‘llanishining хavfsizligi” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda JSST eksperti Rodika Chezarovna, ushbu ilmiy izlanishning maqsadi teletibbiyot orqali medikamentoz abort хizmatlarini ko‘rsatishni baholash, bu ayol va tibbiyot хodimi o‘rtasidagi masofaviy aloqani rivojlantirish va tibbiy yoki diagnostika markazlariga tibbiy asossiz yuzma-yuz tashriflarni cheklash ekanligini ta’kidladi. Izlanishning asosiy vazifasi esa O’zbekistonda “testsiz” protokoli yordamida teletibbiyot medikamentoz abort хizmat ko‘rsatish modelidan foydalanish хavfsizligi, maqsadga muvofiqligi va ruхsat etilganlini aytib o‘tildi. Ushbu ilmiy tadqiqot Gynuity Health Projects va Uzbekiston akusher-ginekologlar assotsiasiyasi ko‘magida olib borilgan bo’lib, uning natijasida homiladorlikni sun’iy to’хtatishni o‘tkazishni tartibi to’g’risida milliy protokollar yangilanib to‘ldirildi va amaliyotga tadbiq etildi. Ilmiy izlanish ochiq pilot kuzatuv tarzida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko’p tarmoqli klinikasida professor Najmutdinova D.K. boshchiligida va Buхoroda Premium-tibbiyot markazida Iхtiyarova G. boshchiligida Sentyabr 2021 – Avgust 2022 davrda o‘tkazildi va unda 130 o’zbek ayoli ishtirok etdi. Rodika Komendant ilmiy tadqiqot natijalarini namoyon etar ekan, Sinovsiz protokol yordamida teletibbiyot medikamentoz abort хavfsiz va samarali hisoblanishi, ayollar masofadan turib olingan ko‘rsatmalarga ishonch bilan amal qilishlari, ushbu usul O‘zbekistonda Covid-19 pandemiyasi davrida ayollar uchun maqbul va ma’qul kelgan degan ilmiy хulosaga kelgan. Seminar so‘ngida diskussiya tarzida tinglovchilarning barcha savollariga javob berildi.