Toshkent tibbiyot akademiyasida «Kelajak uchun ovoz ber» shiori ostida targ’ibot konsert dasturi bo’lib o’tdi. Kafedramiz xodimlari ushbu tadbirda faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbirda so’zga chiqqanlar qomusimizni mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzi farovonligiga, yoshlarning porloq kelajagiga xizmat qilishi haqida aytdi. Targ’ibot konserti ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Shuningdek 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga befarq bo‘lmasdan, siyosiy jarayonda faol ishtirok etishga chaqirildi.