“Yosh ginekologlar. Ilmga yangi nazar” Xalqaro yosh olimlar konferensiyasini o‘tkazildi

2023-yil 4-mayda TTA Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasida “Yosh ginekolog. Ilmga yangi nazar” Xalqaro yosh olimlar konferensiyasi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi      PF-6309-sonli Farmoni va  Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi “Ilmiy–innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 24-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlari bilan TTA o‘rtasida imzolangan memorandumlar doirasida ilm-fan sohasida o‘rnatilgan samarali xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Sogʻliq saqlash vazirligi Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot universiteti va Tbilisi davlat tibbiyot universiteti  bilan hamkorlikda Xalqaro yosh olimlar konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyani kirish so’zi bilan Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri D.K.Najmutdinova ochib berdilar. Konferensiya davomida yosh olimlarning dolzarb mavzularda qiziqarli dokladlari eshitildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.