Maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini yaxshilash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezident apparati tomonidan ishlab chiqilgan media reja asosida 2023 yilning 16 may Toshkent tibbiyot akademiyasi oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan kafedraga biriktirilgan 107-DIU maktabda yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida «Sog’lom ovqatlanish – sog’lom hayot tarzining asosi» mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida sog’lom ovqatlanish va uning mohiyati borasida o’quvchilarga to’liq ma’lumot berildi. Ovqatlanish – hayot va salomatlikning asosi bo’lib, insonning mehnat qobiliyati va umr kechirishini belgilovchi asosiy omildir. Sog’lom ovqatlanish — urf-odat, an’anani hisobga olib turli aholi guruhlarining ratsional ovqatlanishida ilmiy asoslangan, ehtiyojni qondirishni ta’minlaydigan, kasalliklar profilaktikasi va sog’liqni mustahkamlashga yordam beradigan, turli ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga asoslangan ovqatlanish. Shunday ekan farzandlarimizga maktabdanoq sog’lom ovqatlanish borasida to’g’ri tavsiyalar berish bizning burchimizdir. Tadbir so’ngida o’quvchilar uchun qiziqarli master-klasslar o’tkazldi. Maktab o’quvchilarida o’tkazilgan tadbir yaxshi taasurot qoldirib, o’zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.