Toshkent Tibbiyot akademiyasi “Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya” kafedrasi mudiri professor: D.K. Najmutdinova, dotsent F.A. Ataxodjaeva, assistent G.Z. Chorieva, X.T. Shodieva va “Oilaviy tibbiyotda bolalar kasaliklari” kafedrasi professori L.K. Raxmanova, dotsent A.K. Tursunboevlar tomonidan “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markaziga” tashrif buyurdilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-maydagi “ Zo’rlik ishlatishdan jabr ko’rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ -5116-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o’rinbosari B.Musayevning joriy yil 9 oktabrdagi “ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ Zo’rlik ishlatishdan jabr ko’rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o’z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2021-yil 6-oktabrdagi 625-son qarori ijrosi”ni ta’minlash maqsadida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Toshkent shahar hududiy bo’limi, hozirda markazda yotgan zo’rlik ishlatishdan jabr ko’rgan, o’z joniga suyiqasd qilgan yoki o’z joniga qasd qilishga moyilligi bo’lgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlarini tibbiy ko’rikdan o’tkazishda kerakli maslahatlarni berib, amaliy yordam ko’rsatildi. TTA rektori A.K. Shodmonovga minnatdorchilik xati berildi.