Koreya mutaxassislari ishtirokida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi 2024-yil 16-17-sentyabr kunlari “ROEN Clinic” (Koreya) akusherlik va ginekologiya yo‘nalishi bo‘yicha bir guruh mutaxassislari ishtirokida xalqaro konferensiya tashkil etdi. Anjumanning birinchi kuni хorijiy mutahassislar va kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ginekologiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan seminar-ma’ruzalar eshittirildi. Хususan, “Siydik tutolmaslik uchun Slim tizimlar”, “Ginekologiyada robot jarrohligi”, “Vaginal plastik jarrohlik” mavzularida chet el hamkasblarimiz tomonidan professorlar – Sung Rae, Jeong Wan, Sae Hyun va Nam Seoklar tomonidan yoritib berildi.

 

17 sentyabr kuni esa yuqoridagi malakali plastik jarroh-ginekologlar tomonidan TTA Тug’ruq kompleksining 2-Ginekologiya bo’limi jarrohlik хonasida mahorat darslari o’tkazildi. Хorijiy olimlar tos a’zolari prolapsida qo’llaniladigan innovasion amliyotlar – TOT, mini-sling amaliyotlarini yuksak mahorat bilan namoyish etdilar. Mahorat darslari kafedramiz хodimlari, shifokor-ordinatorlar va magistrlar uchun amaliy foydali bo’ldi. Konferensiya yakunida хorijiy hamkasblarimiz bilan kelajakda yosh olimlarimiz Koreyada namoyish etilgan sling operasiyalar bo’yicha malaka oshirib kelishlari uchun kelishildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.