
- Mazkur anjuman akusherlik va ginekologiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tadqiqotlar va an’anaviy tibbiyot tajribalarining o‘zaro uyg‘unligini muhokama qilishga bag‘ishlangan. Unda nufuzli tibbiyot olimlari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va xalqaro ekspertlar ishtishdi.
- Mazkur konferensiyada akusherlik va ginekologiya sohasidagi ilg‘or tadqiqotlar, zamonaviy innovatsionyondashuvlar hamda tibbiyot an’analari muhokama qilindi.
- Tadbir davomida zamonaviy akusherlik va ginekologiya muammolari, ularning yechimlari va tibbiyot fanining rivojlanish istiqbollari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, professor Anna Semyonovna Morduxovichning tibbiyotga qo‘shgan beqiyos hissasi yodga olindi.
- Ushbu konferensiya tibbiyot sohasi mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va tibbiyot sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
- Yetakchi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar sohaning dolzarb muammolari hamda ularning yechimlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
- Konferensiya ishtirokchilari tajriba almashish va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.