Kuni-kecha oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi xodimlari Parijda (Frantsiya) bo’lib o’tgan XXIV Butunjahon akusher va ginekologilar Kongressida FIGO 2023 faol ishtirok etishdi. FIGO doyalar, hamshiralar, akusher va ginekologilar va boshqa sog’liqni saqlash xodimlarini asosiy qaror qabul qiluvchilar, bemorlar va sog’liqni saqlash va inson huquqlari himoyachilari bilan birlashtiradi. Parijda bir hafta davomida bo’lib o’tgan Kongressning asosiy maqsadi butun dunyo bo’ylab ayollar va qizlarning jismoniy, aqliy, reproduktiv va jinsiy salomatligi va farovonligini ta’minlash edi. Ayollar salomatligiga o’smirlik davridan to etuklikka qadar butun umr davomida g’amxo’rlik qilish zarur. 2023 yilgi Jahon Kongressi dasturi beshta FIGO mintaqasini qamrab olgan 45 dan ortiq mamlakatlarning ayollar salomatligi bo’yicha mutaxassisliklarini ifodalovchi ilmiy qo’mita va maslahatchilar kengashi tomonidan taqdim etilgan. Kafedraning professor-o’qituvchilari Kongressda akusherlik va ginekologiyaning dolzarb mavzularida poster ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Kongress davomida bizning xodimlarimiz sohadagi eng yangi texnologiyalar va mamlakatimizda tibbiyot rivojiga hissa qo’shadigan akusherlik va ginekologik kasalliklarni tashxislash va davolashning innovatsion usullari bilan tanishdilar.
Kongressning ilmiy dasturi quyidagi havolada mavjud: https://figo2023.org/wp-content/uploads/2023/10/WC23_A5_Pocket_Programme_LoRes.pdf