2021 yilning 6 sentyabrida TTA 2-son akusherlik va ginekologiya kafedrasida o’quv jarayoni Mustaqillik darsi bilan boshlandi. Davolash fakul’teti 607, 608 guruhlari, OMX fakulteti 204, 205 guruhlari bilan kafedra mudiri prof Najmutdinova D.K. tanishuv olib bordilar.
So’ngra Mustaqillikka bag’ishlangan darslar olib borildi. Dastlab «Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik» degan g’oyani o’zida mujassam etgan ma’ruza talabalarga taqdim etildi.
Ma’ruza davomida Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdim etilgan videoroliklar namoyish etildi. Darslar qizg’in savol javoblar bilan o’tdi.